Главная » Доска объявлений » DUNYO NEWS |
2050 yilgacha ob-havo prognozi ishlab chiqildi

07.09.2014, 17:07 | |
Butunjahon meteorologiya tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligida 2050 yilgacha ob-havo prognozini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, meteorologlar “Kelajak ob-havosi” nomli roliklar seriyasini tasvirga olishdi. Roliklarda dunyoga mashhur teleboshlovchilar yaqin 40 yil ichidagi ob-havo to'g'risida so'zlaydi. Aytish joizki, sinoptiklarning prognozlari tasalli bermaydi – sayyoramiz aholisini suv toshqinlari, to'fonlar va qurg'oqchilik kutmoqda. Roliklarda Floridadagi xalokatli suv toshqinlari, Mayami Bichning to'liq suv ostida qolishi va Arizona shtatida o'rtacha harorat 50 gradusga yetadigan kuchli qurg'oqchilik haqida ma'lumot keltirilgan. Mutaxassislarning fikricha, inson omili tufayli yuzaga kelgan global isish jarayoni issiqxona effektiga olib kelishi va prognozlar haqiqatga aylanishi mumkin. Meteorologlar taqdim etilgan filmlar jamoatchilik e'tiborini tortadi va atrof-muhitga nisbatan jiddiy ta'sirni kamaytirishga yordam beradi degan umid bildirmoqda. Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! | |
Просмотров: 872 | |
Всего комментариев: 0 | |