Главная » Доска объявлений » DUNYO NEWS |
"Avtomobil poytaxti"ga aylangan shahar ustidan sud etishuvi boshlandi

07.09.2014, 17:02 | |
Shu oyning seshanba kuni bankrotlik bo'yicha AQSh tarixida eng yirik sud eshituvi boshlandi. Advokatlar jamoasi sudga Detroytning 18 mlrd. AQSh dollarga teng qarzlarini qayta taqsimlash rejasini qo'llab-quvvatlash yuzasidan dalillarni taqdim etishlari kerak. Shaharni bankrotlikdan olib chiqish rejasi sud mahkamasida 17 oktyabr kuni ko'rib chiqiladi. Dastlabki sud yig'ilishida Detroyt nomidan ishtirok etuvchi Jones Day advokati Gregori Shumaker o'tgan seshanba kuni sudya Stiven Rodsga shahar sentyabr oyining oxiri va oktyabrning birinchi xaftasi bo'yicha so'nggi ma'lumotlarni taqdim etishga ulgurmasligini aytgan. Detroyt asosiy kreditorlar hamda 2 ta pensiya jamg'armasi bilan qarzdorlik masalalarini kelishib oldi. Biroq, Syncora Guarantee va Financial Guaranty Insurance sug'urt kompaniyalari shaharning bankrotlikdan chiqish rejasini ma'qullamadi. Ushbu kompaniyalar tomonidan pensiya qarzlari bo'yicha 1,4 mlrd. AQSh dollar qiymatidagi to'lovlar kafolatlangan edi. Ammo, Detroyt ularni bekor qilmoqchi. Shu munosabat bilan ikkala sug'urtachi ham qarzlarning qayta taqsimlanishidan deyarli hech narsaga ega bo'lmaydi. Sudya Rodsning so'zlariga ko'ra, shahar rejasi alohida kreditorlar faoliyatiga ta'sir qilmaydi. Agarda sud shahar rejasi samaradorligini ijobiy baholaydigan bo'lsa, Detroyt qarzlarning kichkina qismini to'lashga majbur bo'ladi va qonunchilikkda belgilanganidek, kreditorlar tomonidan himoyaga ega bo'ladi. Shahar ma'muriyati tomonidan taqdim etilgan rejaga muvofiq, 7 mlrd. AQSh dollarga teng qarzlar , shuningdek infratuzilmalarni rivojlantirish uchun mo'ljallangan 1,5 mlrd. dollarlik investitsiyalar likvidatsiya qilinadi. Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, Detroyt AQSh tarixida bankrotga uchragan eng yirik shaharga aylandi. Hozirda shaharda ishsizlik darajasi mamlakatdagi o'rtacha ishsizlik darajasidan 2 yarim barobarga yuqori bo'lib, 15 foizni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, shaharda 80 mingdan ziyod bino qarovsiz holga kelib qolgan. Shahardagi yorituvchi moslamalarning 40 foizi ishdan chiqqan. “Avtomobil poytaxti”da 700 ming kishi istiqomat qiladi. Bu o'tgan asrning o'rtalaridagi ko'rsatkichdan 2 barobarga kam Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! | |
Просмотров: 772 | |
Всего комментариев: 0 | |