Главная » Доска объявлений » DUNYO NEWS

Italiyada 20 ta avtomobil o‘pirilish tufayli yerostiga quladi
25.05.2016, 17:52

Florensiya (Italiya) sohilbo‘yilaridan biriga qo‘yilgan 20 dan ortiq avtomobil o‘pirilish tufayli yerostiga quladi. Bu haqda ANSA xabar bermoqda

Foto: ANSA

Foto: ANSA

Natijada 200 ga yetti metr atrofidagi jarlik paydo bo‘ldi. Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalabki 6:30 da, sohilbo‘yida odamlar yo‘q payti ro‘y berdi, shu bois qurbonlar bo‘lmadi. Shahar meri Dario Nardellaga ko‘ra, "o‘pirilish tufayli o‘ta jiddiy zarar ko‘rilgan”.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Yuz bergan hodisa sabablari hozircha ma’lum emas. Taxminlardan biriga ko‘ra, o‘pirilishga shaharning bosh suv arteriyasi — Arno daryosi ta’sir ko‘rsatgan, boshqasiga ko‘ra tuproqqa gidrozarba tufayli shikastlangan yirik suv quvurlaridan biridan suv sizgan. Mutaxassislar jarlik kengaymasligi ustida ishlamoqda. 


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Добавил: √★Dj™Sabinaツ★√ |
Просмотров: 946 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM