Главная » Доска объявлений » DUNYO NEWS |
Osiyo bozorlarida dollar qiymati mustahkamlanmoqda

07.09.2014, 14:45 | |
Osiyo bozorlarida dollar qiymati mustahkamlanmoqdO'tgan juma kuni AQSh dollari yapon yeni kursiga nisbatan o'zining 6 yillik maksimumiga yetdi. Bunga Yevropa Markaziy bankining (YMB) so'nggi qarorlari va AQSh hamda Yaponiyada kuzatilayotgan monetar siyosatdagi chalkashliklar sabab qilib ko'rsatilmoqda. Osiyo savdo sessiyalarida bir AQShH dollari 105,71 yenni tashkil etdi. Bu 2008 yilning oktyabr oyidan beri kuzatilgan eng baland ko'rsatkichdir. Nyu-Yorkda esa dollar 105,55 yen atrofida sotilgan. YMB asosiy foiz stavkalarini pasaytirib, iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun yangi rag'batlantiruvchi choralarni e'lon qilgandan so'ng, AQSh valyutasi kursi Osiyo bozorlarida keskin ko'tarildi. Investorlar yevroni sotib, uning o'rniga dollar xarid qilshyapti. Bu esa o'z navbatida yen kursini zaiflashtiradi. Qolaversa, AQSh va Yaponiya monetar siyosatidagi tafovutlar dollar kursining mustahkamlanishiga sharoit yaratmoqda. Ekspertlarning ta'kidlashicha, AQSh iqtisodiyoti sekin asta tiklanmoqda. Shu bois, Federal Zaxira tizimi (FZT) 2015 yildan foiz stavkalarini ko'tarishi mumkin. Yaponiya banki esa o'tgan chorashanba kuni iqtisodiy follikning pasayishiga qaramay, mamlakatning iqtisodiy o'sish istiqbollarini optimistik baholab, monetar siyosatni o'zgartirmadi. - Dollar 2008 yildagi iqtisodiy inqiroz davridan beri o'zining maksimumiga yetganligi, bu juda muhim masala, - deydi IG Securities tahlilchisi Yunichi Isikava. - Bu valyuta kursi yana oshishidan dalolat beradi. - Agar AQShda ishsizlik darajasi ko'rsatikichlari ijobiy bo'lsa, Amerika valyutasining 106,50 yengacha o'sish salohiyati mavjud. Keyingi bosqichda u 107 yengacha yetishi mumkin, – deydi “Sumitomo Mitsui Banking Corp” valyuta treydingi bo'limi boshlig'i Sindzi Kureda. a Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! | |
Просмотров: 597 | |
Всего комментариев: 0 | |