Главная » Доска объявлений » DUNYO NEWS

Yerga 20 metrli asteroid yaqinlashmoqda
07.09.2014, 14:57
2014RC asteroidi Yerga yaqinlashib kelmoqda. 7 sentabr kuni u sayyoramizga maksimal yaqin masofa, ya'ni 40 ming kilometr uzoqlikdan uchib o'tadi. Bu Oy orbitasiga nisbatan Yerga 10 marotaba yaqin edganidir. Asteroidning diametri 20 metrga teng.

Asteroid 31 avgust kuni Maui Orolidagi Xaleakala gavayi vulqoni tepasiga o'rnatilgan Pan-STARRS teleskopi orqali aniqlangan. Olimlarning aytishicha, sayyoramiz aholisi mazkur osmon jismini oddiy teleskoplar orqali ko'ra oladi.

Hozircha asteroid fazoviy yo'ldoshlar va Yer uchun hech qanday xavf tug'dirmayapti, deya ta'kidlamoqda astronomlar. Biroq, ma'lum vaqtdan so'ng, uning yerga yanada yaqin masofada qayta uchib o'tishi mutaxassislar e'tiborini tortmoqda.

NASA mutaxassislari ushbu osmon jismining trayektoriyasini diqqat bilan kuzatadi. Astronomlarning qayd etishicha, bu kabi hajmdagi asteroidlar ko'p bora Yerga yaqinlashadi, ammo bunday osmon jismlarining sayyora ustiga qulashi tufayli kelib chiqqan halokatlar 1000 yilda bir marta sodir bo'ladi.
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Добавил: FarruX |
Просмотров: 728 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM