Главная » Доска объявлений » SHOU BIZNES

Ahad Qayum Ahmadboyga atab sher yozdi
06.07.2016, 13:54
Avvalroq, Toshkent viloyati, Chinoz tumani, "O‘zbekiston” qishloq fuqarolar yig‘ini, Navoiy ko‘chasi 85-uyda yashovchi fuqaro Ahmadjon Tursunboyev boshchiligidagi "moliyaviy piramida”ga nuqta qo‘yilgani, Tursunboyev bir necha yillar davomida odamlardan mashina, mol-hol, qimmatbaho buyumlar, katta miqdordagi milliy va xorijiy valyutani yiliga kamida 100 foizlik dividend to‘lash, ya'ni ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan olgani va huquq-tartibot organlari tomonidan uning uyi va korxonalari tintuv qilinib, 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar topilgani va Tursunboyevning noqonuniy faoliyatiga nuqta qo‘yilib, o‘zi hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Bu voqyea sabab Ahmadboyga ishonib qolgan minglab odamlar boshini changallab qoldi. Kim pullaridan, kim avtomobilidan ayrildi.

Butun respublikaga, hatto, qo‘shni davlatlarga ham ovoza bo‘lib ketgan mazkur voqyea hanuz odamlar tilidan tushmay kelyapti. Yosh shoir Ahad Qayum navbatdagi she'rini ushbu holatga bag‘ishlab, unda Ahmadboy nomini tilga oldi.

Odamlardan to‘plab qancha oltin-zar, Qaytaraman debsiz ikki barobar. Jabr qilib elu-yurtga dardisar, Endi hech kim rahmat demas, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Bechoralar ishlatmayin kallani, Kalla desa opkelibdi sallani. Siz ham poylab ayni kerak pallani, Fil ham axir sizcha yemas, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Birov haqi yuqmas emish birovga, Joningizni qo‘yibsizda garovga. Bekor qibsiz suvlar sepib olovga, Ketdi pullar Kamaz-kamaz, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Almashibsiz paxtalarni taxtaga, Ayrim kunlar taxtalarni paxtaga. Pulim yetar debsiz tilla yaxtaga, O‘zingizni bosing bir pas, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Xafa bo‘lmang shoir Ahmad Qayumdan, She'r yozing deb talab qilishdi undan. Ranjimang siz endi aslo hech kimdan, Bu so‘zlarim sizga bir dars, Ahmadboy. Bu so‘zlarim sizga bir qarz, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Odamlardan to‘plab qancha oltin-zar, Qaytaraman debsiz ikki barobar. Jabr qilib elu-yurtga dardisar, Endi hech kim rahmat demas, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Ahad Qayum ushbu she'rni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali e'lon qilar ekan, bu misralarni bitishiga muxlislardan kelgan takliflar sabab bo‘lganini ma'lum qilgan.
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ |
Просмотров: 1107 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM