Главная » Доска объявлений » SPORT NEWS

Nigina Abduraimova Karuizavadagi tennis turnirini muvaffaqiyatli boshladi
25.05.2016, 17:54

Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Karuizava shahrida start olgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng Karuizawa Yonex Open tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi.

Foto: Xalqaro tennis federatsiyasi

Foto: Xalqaro tennis federatsiyasi

Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, mazkur turnirning uchinchi raketkasi sifatida tasniflangan 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada turnir mezboni Haine Ogataga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 8 daqiqa davom etgan bellashuvda Abduraimova 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Ikkinchi davrada O‘zbekiston vakilasi boshqa bir yaponiyalik tennischi – Yurina Koshinoga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Nigina Abduraimova Yaponiyaning Kurume shahrida 16–22-may kunlari bo‘lib o‘tgan tennis turnirining vitse-chempioniga aylangandi.


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Добавил: √★Dj™Sabinaツ★√ |
Просмотров: 828 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM