Главная » Доска объявлений » UZB NEWS |
“Buyuk Ipak yo‘li” pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi

30.05.2016, 17:56 | |
"O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan "Buyuk Ipak yo‘li” pochta markalari turkumi tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati press-relizida ma’lum qilingan. Turkum 2 ta pochta markasi va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida XI—XIX asrlarda Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shaharlar me’moriy yodgorliklari — Beruniy tumanidagi (Qoraqalpog‘iston) Ayoz qal’a va va Qarshi shahridagi "Ko‘k gumbaz” jome’ masjidi, pochta blokida esa Buyuk Ipak yo‘li xaritasi va Buxoro arki tasvirlangan.Pochta markalari 8 ming nusxadan, pochta bloki esa 5 ming nusxada chop etilgan. Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! | |
Просмотров: 1181 | |
Всего комментариев: 0 | |