Главная » Доска объявлений » UZB NEWS

Ehtiyot qismlar o‘zimizda ishlab chiqarilmoqdHA YAXSHI
07.09.2014, 17:31
Mamlakatimizda jahon bozorida xaridorgir va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda. Mavjud korxonalar texnik va texnologik modernizatsiya qilinib, sohaga xorijiy investitsiyalar keng jalb etilayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sanoat, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2008-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturulamal bo‘layotir.

Ushbu hujjatga muvofiq, viloyatda tashkil etilgan erkin industrial-iqtisodiy zonada zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilib, jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Bu yerda Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, Singapur kabi davlatlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda. Hududdagi ishlab chiqarish obyektlari tomonidan avtomobillar uchun gaz ballonlari, ehtiyot va butlovchi qismlar, yuqori kuchlanishga chidamli elektr kabellari, polietilen va polipropilen quvurlar hamda aholi salomatligi uchun zarur bo‘lgan gigiyenik vositalar tayyorlanayotir.

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligida tuzilgan “UzEraeCable”, “UzAlternator”, “Ko-UNG cylinder”, “Navoiy beauty cosmetics” zavodlari muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu qo‘shma korxonalar tomonidan avtomobillar uchun turli kabel va simlar, generator va boshqa ehtiyot qismlar, gaz ballonlari, shuningdek, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarilayotir. Navoiy xalqaro aeroporti hududida tashkil etilgan xalqaro intermodal logistika markazi orqali “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Korean Air” hamkorligida jahonning turli davlatlariga yuk tashish amalga oshirilmoqda.

Hududda faoliyat ko‘rsatayotgan “UzEraeCable” O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillar uchun 39 turdagi kabel va simlar ishlab chiqaradi.

– Asosan “G M-Uzbekistan”, “SamAuto”, “UzKoje” qo‘shma korxonalari uchun mahsulot tayyorlamoqdamiz, – deydi korxona direktori Sherzod Umarov. – Yiliga turli o‘lchamdagi 130 ming kilometrlik kabel ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida 47 ming kilometr shunday mahsulot ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturiga asosan “Chevrolet Sobalt” avtomobili uchun akkumulyator jgutlari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Natijada xorijdan import qilinadigan mazkur ehtiyot qism shu yerning o‘zida tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan yuz nafar ishchi-xodimning asosiy qismi yoshlardir.

Korxonada samarali mehnat qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.

– Bu yerda biz, yoshlarga yaratilgan sharoitlardan mamnunmiz, – deydi korxona yig‘ish liniyasi ishchisi Muhammadali Turdiyev. – Navoiy informatika va elektron sanoat kasb-hunar kollejini bitirganman. Ishchilar uchun issiq ovqat, maxsus transport vositasi tashkil etilgan.
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Добавил: FarruX |
Просмотров: 1023 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM