Главная » 2014 » Май » 24 » Bitiruvchilarning o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etishi taqiqlandi
01:21
Bitiruvchilarning o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etishi taqiqlandi

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘iga asosan, yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlashda o‘quvchi, bitiruvchilar va ularning ota-onalaridan pul yig‘ishi, maktab va sinf rahbarlari yoki o‘qituvchilarga turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilish, turli tantanalarni xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalarda o‘tkazishi qat’iyan taqiqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Ahmedov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

— O‘tgan o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida o‘quv yilining oxirgi kunida “Xayr, maktab — salom, kollej” tadbirlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. Bu yil umumta’lim maktablarining 9-sinfini 501 mingdan ziyod o‘quvchi bitiradi. Shu maqsadda 24-may kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni “Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lamiz” shiori ostida o‘tkazish belgilandi. Unda 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha jamoatchilikni jalb qilgan holda tashviqot va targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi, tanlayotgan kasbga bo‘lgan qiziqishlari yanada kuchaytiriladi, — deydi Fayzulla Ahmedov.

Xalq ta’limi vazirligi vakilining ta’kidlashicha, 9-sinf bitiruvchilari o‘zlari tanlagan kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyga ota-onasi va o‘qituvchilari bilan birga borib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishadi.


 

Смотреть онлайн Bitiruvchilarning o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etishi taqiqlandi бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 1353 | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Рекомендуем посмотреть:


    Ештиш Радио ORZU FM


    Онлайн радио ORZU FM