Главная » 2014 » Май » 26 » Farrux Zokirov qiyofasidagi Sevara Nazarxon sahnaga mo‘ylov bilan chiqdi
10:13
Farrux Zokirov qiyofasidagi Sevara Nazarxon sahnaga mo‘ylov bilan chiqdi

“Toch v toch”ning navbatdagi maxsus bosqichida Sevara Farrux Zokirovning “Uchquduq” deb nomlangan taronasini ijro etdi. Qo‘shiqning so‘nggi naqarotida Farrux Zokirovning o‘zi ham sahnaga chiqib, Sevara bilan birgalikda taronani kuyladi.Hakamlar hay’ati a’zolari Leonid Yarmolnik, Mixail Boyarskiy, Lyubov Kazarnovskaya va Gennadiy Xazanov Sevaraning chiqishiga a’lo baho qo‘ydi. Keyinroq, betaraf hakam Dmitriy Dyujev Sevara ijrosini besh ballga loyiq, deb topdi va u jami maksimal 25 ball to‘pladi.

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda 23 ball, oltinchi va yettinchi turlarda 24 balldan, shuningdek, maxsus sakkizinchi turda 25 ball, to‘qqizinchi raundda 22 ball, 10-bosqichda 25 ball, 11-turda esa 21 ball to‘plagan edi


 

Смотреть онлайн Farrux Zokirov qiyofasidagi Sevara Nazarxon sahnaga mo‘ylov bilan chiqdi бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Новости | Просмотров: 1404 | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Рекомендуем посмотреть:


    Ештиш Радио ORZU FM


    Онлайн радио ORZU FM