Главная » 2014»Август»13 » Kayfiyatingiz yaxshi bo‘lishi uchun 7 tavsiya(UZBEKINO.NET)
08:36
Kayfiyatingiz yaxshi bo‘lishi uchun 7 tavsiya(UZBEKINO.NET)
1. Kayfiyatingiz doim yaxshi bo‘lishini istasangiz o‘zingizni boshqarishni o‘rganing. Yaqinlaringizning xatosidan hafa bo‘lmaslikka, ularni kechira olishga odatlaning. 2. Sizda doim hazil tuyg‘usi bo‘lsin. Sizni hafa qilishsa ham, hatto eng qiyin vaziyatga tushib qolsangiz ham “Bunisi ham albatta o‘tib ketadi” deng va yuzingizdan kulgu arimasin. 3. Barchadan hafa bo‘lib uyda qamalib o‘tirmang. Ko‘chada sayr qilish va do‘stlar davrasida bo‘lish inson kafiyatini ko‘tarishi isbotlangan! 4. Tinchlanishni o‘rganing. Masalan og‘ir ishni amalga oshirishingiz kerak, shunda o‘zingizga yoqqan biror narsa haqida o‘ylang. 5. Suzish bilan shug‘ullaning. Suv tananing dam olishi va tinchlanishida yordam beradi. Shuningdek, kayfiyatni ham ko‘taradi. 6. Ba’zan odamlar to‘g‘ri hayot yo‘lidan ketayotgani haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Biroq, to‘xtash va o‘ylash ham kerak. Qilgan ishlaringizga nazar soling, maqsadingizdan chalg‘imadingizmi, endi yana qayerga ketayapsiz aniqlab oling. 7. Agar sizga hech narsa qilmaslik yoqmayotgan, barcha istaklaringizdan voz kechish va uxlash yoqayotgan bo‘lsa – harakatlaning, jim turmang. Uyni yig‘ishtiring, idishlarni yoki kirlarni yuving. Bu ham ruhiy charchoqni chiqarishning bir usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Смотреть онлайн Kayfiyatingiz yaxshi bo‘lishi uchun 7 tavsiya(UZBEKINO.NET) бесплатно в хорошем качестве