Главная » 2014 » Май » 2 » Kompyuter nima uchun qizib ketadi? (UZ-SAYYOD.COM)
13:15
Kompyuter nima uchun qizib ketadi? (UZ-SAYYOD.COM)

Cho'zilib ketgan issiq ob-havo ko'pchiligimiz kompyuterlarning qizib ketishi muammosiga duch kelishimizga olib keldi. Bundan tashqari, havodagi tutunning katta miqdori (Rossiyada) tufayli ba'zi kompyuter klasterlarining faoliyatini ishdan chiqardi. Xo'sh, ob-havo harorati va boshqa sharoitlar kompyuterning ishiga qanday ta'sir qiladi? Bugun biz quyidagi jihatlarni muhokama qilamiz: Qanday harorat kompyuter uchun normal hisoblanadi? Agar kompyuter "sovuq qotgan" bo'lsa nima qilish kerak? Kompyuter qizib ketganligining belgilari nimalarda namoyon bo'ladi? Kompyuterning qizib ketishiga qarshi qanday kurashish mumkin? Darrov aytib qo'yay, qizib ketish - kompyuteringiz yomon ishlashining, "qotib qolishining" jiddiy sabablaridan biridir. Shunday ekan, ba'zida mavjud bo'lmagan viruslar bilan kurashmasdan, balki kompyuterni sovutgan ma'qul. Aks holda, hammasi chap tomondagi suratdagi kabi yakunlanishi mumkin! Hazillashyapman, albatta. Kompyuteringiz yonib ketmaydi. Ammo birpasda kompyuter ichidagi fayllaringizdan mahrum bo'lishingiz mumkin. Shunday qilib, boshlaymiz... Qanday harorat kompyuter uchun normal hisoblanadi? Bunga bir xil javob yo'q, albatta, lekin hammasi konkret modelga bog'liq. Bunda kompyuterning turli detallari har xil ta'sirchanlikka ega bo'lishi mumkin. Yana aytib o'tamiz, so'z oddiy statsionar kompyuterlar haqida bormoqda. Qo'pol qilib aytganda, Selsiy bo'yicha 5-10 daraja minimal normal harorat hisoblanadi. Protsessor 5 darajada hali ishlashi mumkin, ammo qattiq disk o'qilmasligi ehtimoli ham mavjud. Aslida, kompyuterlardan past haroratlarda foydalanishdagi asosiy muammo haroratning o'zida emas, balki namlik darajasida bo'ladi. Odatda qishda sovuq xonalar zax bo'ladi, bu esa kompyuteringizni juda tez ishdan chiqarishi mumkin. Maksimal harorat..., umuman olganda, xonada buncha darajada bo'lmaydi. Odatda kompyuter atrofidagi buyumlarga qaraganda iliqroq bo'ladi, shu bois bizning hatto 35 darajali issig'imizda ham, agar sovutish tizimi yaxshi ishlayotgan bo'lsa, kompyuterlar normal ishlashi mumkin. Bunda kompyuterlarning turli qismlari har xil darajadagi haroratga ega bo'ladi. Qattiq disk 50-60 daraja haroratda yomon ishlay boshlaydi. Bunda protsessor juda qizib ketishi mumkin, bu yerda muammolar 70-80 darajadagi haroratdan boshlanadi (Intel protsessorlari odatda AMD ga qaraganda yuqori haroratga yaxshi chidamli bo'ladi). NVidia videokartalari uchun esa hatto 70 darajada ham ishchi harorat hisoblanishi mumkin. Agar kompyuter "sovuq qotgan" bo'lsa nima qilish kerak? Juda oddiy, uni isitish lozim. Aslida, ishlayotgan kompyuter aslo "sovuq qotmaydi". Agar siz kompyuterni sovuq ko'chadan olib kelgan bo'lsangiz, uni hech bo'lmaganda bir soat yoqmay turing. Yana takrorlayman, kompyuterni sovuq havo emas, balki namlik, kondensat ishdan chiqaradi. Aytganday, shu yerda sovuq holatda o'zining video-rejimini o'zgartira olmaydigan eski videokartalar esimga tushib ketdi. Kompyuter qizib ketganligining belgilari nimalarda namoyon bo'ladi? Agar qisqacha aytadigan bo'lsak, ular turli-tuman. Shuning uchun agar kompyuteringiz qiliq ko'rsatayotgan bo'lsa, o'ylab ko'ring, balki u qizib ketgandir. Quyida qizib ketishning eng keng tarqalgan belgilarini keltiramiz: Kompyuter birdaniga o'chib qoladi. Bu protsessorni qizib ketishdan saqlaydigan himoya tizimi ishlab ketganidan darak berishi ham mumkin. Kompyuter qotib qoladi, uni qayta yuklashga to'g'ri keladi. Kompyuter qotib qolganida tasvir buzilishi mumkin. Bu videokartaning qizib ketganidan dalolat beradi. Disk ishidagi buzilishlar, shu jumladan qayta yuklana olmaslik yoki ma'lumotlarni o'qiy olmaslik diskning qizib ketishi natijasi bo'lishi mumkin. Ventilyatorning chiranib va muntazam ishlashi. Agar kompyuteringiz oldingiga qaraganda ko'proq "shovqin" qilayotgan bo'lsa, uning sovutish tizimi haqida o'ylab ko'ring. Keyin, kompyuterni shunchaki ushlab ko'rish mumkin. Issiqmi? Demak, bu yomon! Shuningdek, kompyuteringizning haroratini ko'rsatib turadigan biror-bir diagnostik utilitani yuklab olib, o'rnatishingiz mumkin. Masalan, mengaCPUZyoqadi. Kompyuterning qizib ketishiga qarshi qanday kurashish mumkin? Yuqoridagi barcha "dahshatlardan" keyin men sizga qizib ketish muammosiga qarshi qanday kurashish borasida maslahatlar berishga majburman, albatta. Agar siz statsionar kompyuterda ishlasangiz, uni shunday joylashtiringki, unga toza havo normal darajada yetib tursin. Uni muntazam ravishda ochib va tozalab turishni unutmang! Bu juda oddiy - qopqog'i ochilganidan keyin siz darrov ikkita yoki uchta ventilyatorni ko'rasiz. Ulardan bittasi quvvat blokining yonida joylashgan, ikkinchisi - protsessorda, uchinchisi - videokartada. Ularning hammasini tozalab va changyutkichda changini so'rib turish kerak. Noutbukka to'xtaladigan bo'lsak, uni yumshoq predmetlarning ustiga qo'ymang, noutbukni tizzaga qo'yib ishlamang. Noutbukning ostiga qo'yish uchun maxsus - tizza tomoni yumshoq, kompyuter turadigan tomoni esa tekis bo'lgan doskani sotib olish mumkin. Noutbukning ham ventilyatsiya tizimini tozalab turish kerak. Ammo, ko'p hollarda noutbukni qismlarga ajratish qiyin bo'ladi (buning uchun protsessorni yechib olish kerak, natijada termopastani qaytadan surish zarur bo'ladi). Shu bois noutbukni siqilgan havoli balloncha yordamida puflash har doim qilishingiz mumkin bo'lgan oraliq yechim hisoblanadi. Agar bu ham yordam bermasa, noutbuk ostiga qo'yiladigan ventilyator o'rnatilgan maxsus taglamani sotib olishga to'g'ri keladi. Odatda bunday ventilyatorlar USB-port orqali quvvat oladi. Va nihoyat, ventilyator a'lo darajada ishlab, protsessor esa baribir qizib ketadigan holat ham uchrab turadi. Bu odatda yuqorida aytib o'tilgan termopasta qurib qolganidan dalolat beradi. Tushuntirib o'taman: noutbukdagi ventilyator issiqlikni ajoyib tarzda o'tkazadigan plastinani sovutadi. Plastina protsessorga yopishib turadi, ammo ular baribir bitta yagona uskuna hisoblanmaydi, bu esa protsessordagi haroratni plastinaga ideal tarzda uzatishga xalaqit beradi. O'zaro issiqlik almashinuvini yaxshilash uchun ularning kontaktga kirishadigan qismlariga termopasta deb nomlanuvchi maxsus tarkib suriladi. Ushbu tarkib, qurib borishi bilan, o'zining xususiyatlarini yo'qotishi va qayta almashtirishni talab etishi mumkin. Biroq men bu ishni o'zboshimchalik bilan bajrishni tavsiya etmasdim - yaxshisi mutaxassislarga murojaat qiling. Ammo torf yong'inlarining tutuni kompyuterlar uchun qo'rqinchli emas, u asosan odamlarning o'ziga zararli. Aytish joizki, bu yil yozda qiziq voqealar ham sodir bo'ldi - tutun tufayli yong'in signalizatsiyasining muntazam ravishda ishlab ketishi natijasida ba'zi kompyuter markazlarining faoliyati to'xtab qoldi.

Смотреть онлайн Kompyuter nima uchun qizib ketadi? (UZ-SAYYOD.COM) бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Windows | Просмотров: 2085 | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Рекомендуем посмотреть:


    Ештиш Радио ORZU FM


    Онлайн радио ORZU FM