Главная » 2014 » Май » 26 » Nargiz Zokirova Rossiyalik taniqli prodyuser Maksim Fadeyev bilan birga ish boshladi
10:15
Nargiz Zokirova Rossiyalik taniqli prodyuser Maksim Fadeyev bilan birga ish boshladi

“Prodyuserlik markazimizga Nargizning kelib qo‘shilganidan juda xursandman, — deb yozadi Fadeyev o‘zining Twitter’ida. — Nargizdek ijodkor bilan birga ishlashdan baxtiyorman. Xush kelibsan, Nargiz. Senga pand berib qo‘ymayman”.

Shuningdek, prodyuser Nargiz uchun “chin qalbdan” qo‘shiq yozganini, u “Muz-TV” marosimigacha tayyor bo‘lib qolishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Golos” teleshousining ikkinchi mavsumida yurtdoshimiz Nargiz Zokirova ishtirok etdi va ikkinchi o‘rinni egalladi. 1984-yil rejissor Ali Hamroyevning “Vodillik kelin” filmida yangragan “Sen ketarsan” nomli qo‘shiq orqali tanilgan Nargiz O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirovning jiyanidir.

Xonanda 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi.

Nargiz Zokirovaga teletanlov sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi.


 

Смотреть онлайн Nargiz Zokirova Rossiyalik taniqli prodyuser Maksim Fadeyev bilan birga ish boshladi бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Новости | Просмотров: 1241 | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Рекомендуем посмотреть:


    Ештиш Радио ORZU FM


    Онлайн радио ORZU FM