10:04 O‘zbekiston ishbilarmonlari Xitoydagi Xalqaro sanoat yarmarkasida qatnashmoqda | |
Xitoyning Shansi provinsiyasi Sian shahrida 23-may kuni Xalqaro sanoat yarmarkasi ochildi. Unda O‘zbekistonning bir guruh ishbilarmonlari ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi O‘zA.Xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida ilk bor tashkil etilgan mazkur sanoat yarmarkasida Kanada, Germaniya, Italiya, Ispaniya, O‘zbekiston, Avstriya, Vengriya, Kipr, Avstraliya, Filippin, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Tailand, Iordaniya, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi 35 mamlakatdan kompaniya va konsernlar, sanoat korxonalari va savdo tashkilotlari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. Sian shahrining Chyutszan xalqaro ko‘rgazmalar markazida o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli yarmarkada O‘zbekiston mahsulotlari o‘ziga xos dizayni, raqobatbardoshligi va keng assortimenti bilan ajralib turibdi.Xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning mashinasozlik, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari va karton-qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish, mebelsozlik, ko‘nchilik, kimyo sanoati, sarmoya va mehmonxona xo‘jaligi kabi tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 70 dan ortiq kompaniya va korxonalari ishtirok etmoqda. “Yagona Hamkor Nuri”, “Mumtoz Lyuks Tekstil”, “Fabrika Namuna”, “Pokizaxon”, “Shukur Toji Baraka”, “Nukus Agro”, “Farg‘ona Kimyo Zavodi”, “Saxovat-Teks”, “Xorazm Gilamlari”, “Kinder Fruits”, “NBU Invest Group”, “Quva Qandolatlari”, “Vodiy Muzqaymog‘i”, “Andburservis”, “Istiqlol Sanoat Medservis” kabi sanoat muassasalari shular jumlasidandir.– Korxonamiz mamlakatimizda yetishtiriladigan turli o‘simliklardan, yong‘oq, uzum, o‘rik va bodom danaklaridan yog‘ ishlab chiqaradi, – deydi “Shukur Toji Baraka” xususiy korxonasi direktorining o‘rinbosari Ne’matilla Karimov. – Hech qanday kimyoviy vositalarsiz tayyorlanadigan, yuqori sifatli mahsulotlarimiz xorijliklarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur yarmarkada hamkorlar topib, o‘z mahsulotimizni chet elga eksport qilish niyatidamiz. Kelgusida mahsulotlarimiz turini yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz. Xususan, tibbiyot, pardoz-andoz va qandolatchilik yo‘nalishlarida ishlatiladigan maxsus kukunlar ishlab chiqarishni mo‘ljallayapmiz.Yarmarkada chet ellik ishbilarmonlarga O‘zbekistondagi qulay sarmoyaviy muhit haqida ma’lumot berilmoqda.– O‘zbekistonning sanoat sohasidagi ulkan salohiyati bilan yaqindan tanishdim, – deydi Xitoyning Szyaotszo shahri savdo tashkiloti raisining o‘rinbosari Fu Shiao Ven. – O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuksak sifati, o‘ziga xos dizayni va xalqaro andozalarga to‘la mosligi bilan bizga juda manzur bo‘ldi. Ayniqsa, “MMM” xususiy korxonasida tayyorlangan gilamlar havasimni tortdi. To‘g‘risini aytsam, mo‘yna va charmdan ishlangan bunday go‘zal gilamlarni avval uchratmagan edim. Ushbu korxona bilan hamkorlik qilishga kelishib oldik.Xalqaro sanoat yarmarkasi 26-mayga qadar davom etadi.Смотреть онлайн O‘zbekiston ishbilarmonlari Xitoydagi Xalqaro sanoat yarmarkasida qatnashmoqda бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! | |
|
Всего комментариев: 0 | |