Главная » 2014 » Май » 5 » “Real” o‘z maydonida “Valensiya”ni yenga olmadi (UZ-SAYYOD.COM)
19:37
“Real” o‘z maydonida “Valensiya”ni yenga olmadi (UZ-SAYYOD.COM)

Madridning “Real” klubi “Valensiya”ga qarshi kechgan o‘yinda qiyinchilik bilan mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, deb yozadi Uff.uz.

Madridliklar uchun birinchi bo‘limdan muammolar boshlandi. O‘z imkoniyatlaridan foydalana olmagan Karlo Anchelotti shogirdlari 44-daqiqada Mate kiritgan goldan so‘ng tanaffusga yomon natija bilan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshlarida muvozanat tiklandi. So‘nggi vaqtlarda “Real” to‘purariga aylanib borayotgan himoyachi Serxio Ramos hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi. Ammo 65-daqiqada Parexo yana “Valensiya”ni oldinga olib chiqdi. Bu golga “Real” futbolchilari faqat 90-daqiqada javob qaytara oldi. Madridliklar joniga yana bir bor Ronaldu oro kirdi.

Shuningdek, Ispaniya chempionati 36-turidan o‘rin olgan “Barselona”—“Xetafe” uchrashuvida ham 2:2 durang natija qayd etilgan edi.

“Levante” hamda “Atletiko” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda esa maydon egalari 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan edi.

Shunday qilib, durang natijadan so‘ng “Real” 83 ochko bilan uchinchi o‘rinda qolib ketmoqda. “Atletiko”da 88, “Barselona”da esa 85 ochko bor. Ammo madridliklar bir o‘yin kam o‘tkazgan.


 

Смотреть онлайн “Real” o‘z maydonida “Valensiya”ni yenga olmadi (UZ-SAYYOD.COM) бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Спорт | Просмотров: 1273 | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Рекомендуем посмотреть:


    Ештиш Радио ORZU FM


    Онлайн радио ORZU FM