10:03 Termizdagi qushlar bayramida o‘zbekcha “so‘zlaydigan” qarg‘a ishtirok etdi | |
Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan bayramda nafis va noyob gullar, turli qushlar namoyish etildi.– An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur tadbir yosh avlodning tabiatga oid bilimini yanada boyitishga xizmat qilmoqda, – deydi viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Pardaboy Oromiddinov. – Sherobod tumani “Yosh tabiatshunoslar markazi” direktori Bo‘ri Rahimov uyida parvarishlayotgan “Gosha” laqabli qarg‘a ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.– “Gosha”ning qirqqa yaqin o‘zbekcha so‘zni yoddan aytganiga qoyil qoldim, – deydi Termiz shahridagi 10-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Farzona Xolmamatova. – O‘qituvchimiz aytganidek, inson tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lsa, u ham shunday javob qaytarishiga ishondim.Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada tabiatsevar yoshlar o‘zaro fikr almashdi. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
![]() Смотреть онлайн Termizdagi qushlar bayramida o‘zbekcha “so‘zlaydigan” qarg‘a ishtirok etdi бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! | |
|
Всего комментариев: 0 | |