Главная » 2014 » Май » 25 » “Urganch” xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali ishga tushdi
09:27
“Urganch” xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali ishga tushdi

Yangi bino “O‘zshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi tomonidan loyihalashtirilib, “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyati quruvchi va muhandislari tomonidan jahon standartlari asosida rekonstruksiya qilindi.

– Bino dizaynini ishlab chiqishda zamonaviy va milliy me’morchilik san’ati an’analari hisobga olindi, – deydi “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori o‘rinbosari G‘iyos Abdullayev. – Yangi terminal jahon talablariga to‘la javob beradi. Pul ayirboshlash shoxobchasi, ona-bola xonasi, tibbiyot punkti, Duty-free do‘koni, kafeteriylar, keng, chiroyli uslubda qurilgan 200 yo‘lovchi sig‘imiga ega tranzit hamda VIP, CIP zallari ham eng zamonaviy o‘rindiqlar va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlangan.Terminaldagi axborot xonasidan shaharning transport imkoniyatlari, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish joylari haqida kerakli ma’lumotlarni olish mumkin. Binoda aviatsiya xavfsizligini yuqori darajada ta’minlaydigan zamonaviy tekshiruv va kuzatuv uskunalari o‘rnatilgan

– 2013-yilda Urganch xalqaro aeroporti 143 ming 370 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, shuning 45 ming 970 nafari chet ellik sayyohlardir, – deydi “Urganch” xalqaro aeroporti direktori F. Xudoynazarov. – Yangi terminalning ishga tushirilishi sayyohlarga sifatli transport xizmati ko‘rsatish borasida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan bo‘ldi.


 

Смотреть онлайн “Urganch” xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali ishga tushdi бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Новости | Просмотров: 1463 | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Рекомендуем посмотреть:


    Ештиш Радио ORZU FM


    Онлайн радио ORZU FM