Главная » 2014 » Май » 24 » XAKERLAR EBAY FOYDALANUVCHILARI PAROLLARINI O‘G‘IRLADI
15:13
XAKERLAR EBAY FOYDALANUVCHILARI PAROLLARINI O‘G‘IRLADI

Xakerlar onlayn oldi-sotdi maydoni – eBay ma’lumotlar bazasiga buzib kirdi. eBay’ning rasmiy xabarida aytilishicha, yomon niyatli kishilar qo‘liga shifrlangan parollar va boshqa shaxsiy ma’lumotlar tushgan bo‘lishi mumkin.Yaqin orada eBay o‘z saytida, shuningdek, foydalanuvchilarga alohida yuboriladigan xabarida ulardan o‘z akkauntlari parollarini almashtirishni so‘raydi.

Xakerlar hujumi fevral oxiri – mart boshlarida ro‘y bergan bo‘lib, eBay xodimlarining ro‘yxatga olish ma’lumotlari ularning qo‘liga tushgani ikki hafta avval, ma’lumotlar bazasiga kirilgani esa yaqinda ma’lum bo‘ldi.

Biroq bank kartalari haqidagi va maxfiy saqlanadigan shaxsiy ma’lumotlar ushbu bazada mavjud bo‘lmagan. "Servis bilan ishlashda foydalaniladigan moliyaviy ma’lumotlar shifrlangan formatda alohida saqlanadi”, – deyiladi kompaniya xabarida.

eBay’dagilar hujumdan so‘ng foydalanuvchilar akkauntlari orqali hech qanday firibgarlik faoliyati amalga oshirilmaganini ta’klidlamoqda. Biroq ular hodisa ko‘lamini oshkor qilmayapti.


 

Смотреть онлайн XAKERLAR EBAY FOYDALANUVCHILARI PAROLLARINI O‘G‘IRLADI бесплатно в хорошем качестве
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Новости | Просмотров: 1289 | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Рекомендуем посмотреть:


    Ештиш Радио ORZU FM


    Онлайн радио ORZU FM