Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

Armon KOMRON SULTONOV

Yuragim ishqingda cho`g`dek yonsa ham... Dunyodagi barcha mendan tonsa ham... Telba deb qalbimni yulib olsa ham... Ollohim sevgingdan bir parcha bergin...! Mayliga cho`llarni kezay umrbod ... Xolimni ko`rganlar yubordilar dod... Diydoringa yetolmay qildim faryod... Ollohim mexringdan bir parcha bergin...! Nomingni aytmasdan yura olmayin... Seni o`ylamasdan tura olmayin... Mayliga boy odam bo`lmayin... Ollohim ishqingdan bir parcha bergin...! Desinlar ko`rganlar: kim bu devona... Ishqingda qul bo`lay men yona-yona... Azoblar xar xil bo`lsin shu jona... Ollohim ishqingdan bir parcha bergin...! Toki ko`zlarimdan mexr porlasin... Ishqingni taftidan qalbim gullasin... Bugun shayton alamdan o`ksib yig`lasin.. Ollohim mexringdan bir parcha bergin...! Borliqni sevgi bilan ko`rishim uchun... Asl sevgi qandayligin bilishim uchun... Dunyo azoblariga dosh berishim uchun... Ollohim mexringdan bir parcha bergin...! Ishqsiz qalbim xuddi muzga aylangan... Tilim shakar emas tuzga aylangan... Umrim ham oxiri kuzga aylangan... Ollohim ishqingdan bir parcha bergin...! Nomingni aytmasdan yura olmayin... Seni o`ylamasdan tura olmayin... Mayliga boy odam bo`lmayin... Ollohim ishqingdan bir parcha bergin...!


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: ★Dj™StuDioツ★√ (04.04.2016)
Просмотров: 1007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar