Главная » Статьи » Ayriliq SHerlar!

... UNUTAMAN ,XUDDI SIZ KABI....
Men ketaman, xuddi siz kabi,
Begonaning qòllarin tutib.
Ushalmagan axt-u paymonni,
Qoldiraman, barin unutib.

Soğinasiz, xali men kabi,
Baxt onidan begona bòlib.
Qadrim sezib yiģlaysiz xali,
Armonlarga dugona bòlib.

Unutaman ,xuddi siz kabi,
Osongina ketaman kechib.
Erkalayman òzga bir yorni,
Bo'sa olib, bağrimga quchib.

Siğinasiz ,xali men kabi,
Termulasiz javobsiz xatga.
Yosh tòkasiz ,,ESTALIK  UCHUN"
Deb yozilgan eski suratga.

Jilmayaman, xuddi siz kabi,
Kulib yorga yoqib  yashayman.
,, Bitta oshga nafi tegar "  deb,
Suratingiz yoqib  tashlayman.

Ovunasiz, xali men kabi,
Bòlolmadik siz bilan birga.
Yiģlay ,yiğlay sòngra na iloj,
Tan berasiz, zòrğa taqdirga.

Men yashayman, xuddi siz  kabi,
Sevmasamda bòlib unga yor.
Siz bermagan mexrni izlab,
Chala topsam bòlib baxtiyor.

Siz yiğlaysiz, xali men kabi,
Xonangizga qamalvolib jim.
Endi qalbni devori qalin,
Xonishingiz eshitmas xech  kim.

Men kulaman, xuddi siz kabi,
Tuyğularni qilib-la ermak.
Siz qolasiz ortimdan jimib,
Qaytar dunyo ekanda demak.

Kònikasiz, xali men kabi,
Tizzangizga boshingiz qòyib.
Kôz yoshingiz qizzigan  chõğday,
Goho oqar yuzingiz õyib.

SIZ YIĞLAYSIZ ,XALI MEN  KABI.
JILMAYAMAN, XUDDI SIZ  KABI.

Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Ayriliq SHerlar! | Добавил: √★Dj™Sabinaツ★√ (30.05.2016)
Просмотров: 1224 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar