Главная » Статьи » HIKOYALAR

AYANCHLI QISMAT
-Alo, Dilnoz ?
- Eshitaman Elyor aka ?
- Uydamisan ?
- Ha uydaman.
-Unda derazadan bir qaraginchi ...
- Nega ?.. Hmm, hozir ...
Deraza
tashqarisida sevgan insoni Elyorni ko'rib, Dilnoza ko'chaga chiqdi. Elyor uni aylanib kelishga taklif qildi. Ular, xiyobon uzra biron soat sayr qilishdi. Elyor, Dilnozaga ko'p bor orzulari haqida gapirardi. "Oila qurgach, shiringina farzandlarimiz bo'ladi va bizni ular "Oyi", "Dada" deb chaqirishadi, bu qanday baxt" deb. Dilnoza esa, bu gaplardan uncha xursand emasdi. Chunki, uning onasi, Elyorni yoqtirmasdi va nuqul yomonlardi. "Kambag'al, hech bir ishni eplolmaydi, otasi yo'q. Ko'zingni kattaroq och qizim. Sevgi vaqtinchalik tuyg'u. Oila qursang, hammasi unutilib ketadi. Hayot faqat sevgidan iborat emas. Bir so'mga zor bo'lib, qashshoq yashaysan. Keyin afsus qilma" - deb. Dilnoza, onasini gaplarini yuragiga qattiq oldi. "Nahotki shunaqa bo'lsa ?" deya, Elyordan o'zini olib qocha boshlar, Elyor esa, nima gapligini bilmasdi. To'g'ri, Elyor kambag'al oilada tug'ilgandi. Otasi yo'qligi uchun, peshona terisi bilan og'ir mehnat qilar, onasini va singlisini boqardi. Elyor, Dilnozani qattiq sevardi. Dilnozani oilasi ham boy emas o'rtahol ediy-u, lekin onasi baribir Elyorni yomon ko'rardi.Faqatgina Dilnozani otasi tushungan inson bo'lgani uchun, Elyorni yoqtirardi. Dilnozani otasi qiyinchilikni bilardi. Elyorga qanchalik qiyin ekanini ham tushunardi. Shunda ham, Dilnozani onasi qoralashdan to'htamasdi. Kunlarning birida, Elyor ishxonada nafasi qisib, hushidan ketdi. U og'ir ishda ishlardi. Poyezd vagonlaridan og'ir yuklarni tushurib, kunlik pulga ishlardi. Ishxonadagi do'stlari uni kasalhonaga olib ketishdi. Elyorni kasalhonada ekanini bilmagan Dilnoza, ko'p bor qo'ng'iroq qildi. Biroq, go'shakni hechkim ko'tarmadi ... Elyorni doktorlar tekshirishdi va ...... ming afsuski, jigari xastaligini aniqlashdi. Doktorlar Elyor o'ziga kelgach, unga bor gapni aytishdi ... - Elyorbek, bardam bo'ling. Jigarizda o'simta mavjud. Sizga og'ir yuk ko'tarish mumkin emas. Zudlik bilan operatsiya qilish lozim. Shoshilish kerak. O'simta tobora kuchayib boradi. Xudo ko'rsatmasin-u, buni oxiri o'limga olib kelishi mumkin ... (Qo'rquvga tushgan Elyor, biron muddat gapirolmay qoldi) - Doktor, bu deganingiz, operatsiya qilinmasa o'lasan deganimi ??? - ... Uzr ... Bunday bo'lishini xohlamasdik. Ammo ... - Doktor, menda operatsiya uchun, mablag' yo'q. Kecha-yu kunduz ishlaganim ham, oilamni boqishga zo'rg'a yetadi - Elyorbek, gap hozir hayotingiz haqida ketyapti. Pul topilaveradi. Ammo jon topilmaydi. O'ylab ko'ring. Qarindoshlaringizmi, do'stlaringizmi bordir ?! Ulardan yordam so'rasangizchi ?! - ... Meni oyim, singlim va sevgan qizimdan boshqa, suyanadigan hechkimim yo'q ... Na chora doktor, peshonada bor umrni yashayman ... - Lekin ? ... Ha, yana bir chorasi bor. Davlat orginlariga yoki mahalla yig'inlariga muroja'at qiling. Ular yordam berishadi. - Yo'q doktor. O'tkan yili oyim kasalhonaga tushganlarida, yordam so'ragandim. Lekin ... - Tushunarli Elyorbek. Mayli, siqilmang. Bir iloji topilar. Alloh shifo bersin. - Rahmat doktor ... Elyor operatsiya qilish kerakligini tushunsada, kasalhonadan chiqib, uyga qaytdi. Uni bir savol qattiq qiynoqga sola boshladi. "Agar men o'lsam, oyim va singlim nima qilishadi ? Dilnozachi ?" ... Uyga kelgach, Elyor telefonini olib, Dilnozaga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi. Telefoni yuzida, Dilnozadan 4 - 5 bor javobsiz qo'ng'iroq kelganini ko'rib, darhol qayta qo'ng'riq qildi. Dilnozaga uchrashmoqchi ekanini va bor gapni aytmoqchi bo'ldi. Dilnoza esa, go'shakni ko'tarmadi. Ikki, uch bor qo'ng'iroq qildi. O'shanda ham, go'shakni ko'tarmadi. To'rtinchi bor qilganida esa, Dilnozani telefoni o'chirilganini eshitdi. Elyor xavotirlanib, uning uyiga keldi. Deraza oldida turib, Dilnozani tashqariga qarashini kutdi. Oradan bir soatlar o'tibgina, Dilnoza derazadan tashqariga qaradi. Ko'chada turgan Elyorni ko'rdi-yu, lekin ko'chaga chiqmadi. Ha, Dilnoza onasini gapini ko'p o'ylab ko'rdi va onasi aytgan gaplarga amal qila boshlagandi. Elyorni sevsa-da, undan o'zini olib qochib, ko'nglini sovutishga urundi. Tushkunlikga tushgan Elyor, ortiga qaytdi. Shu tariqa oradan 1 hafta o'tdi. Elyor, haligacha Dilnoza bilan gaplasha olgani yo'q. Umri oz qolganini tushunib, Elyor hech bo'lmaganda umrini so'ngi kunlarini sevgan insoni bilan o'tkazishni xohlardi. "Dilnozani oxirgi marotaba bo'lsada, birgina tabassumini ko'rsam, armonim yo'q edi" deya, qalbidan turli xil o'ylovlarni o'tkazdi. Ungaa ko'plab sms xatlar yozdi. Umri hazon kabi so'nib borayotganini va so'ngi kunlarida yonida bo'lishini ich- ichidan xohlardi va aytgisi kelardi. Ammo, Dilnozadan bitta ham javob xati kelmadi ... Bunday vaziyatda Elyor, yanada tushkunlikga tushdi. Hozir unga kimdir dalda bo'lishini juda ham xohlardi. Lekin kim dalda bo'lardi ? Elyor yolg'iz onasi va singlisiga ham, umri oz qolganini aytmadi. Ularni g'amga botib, siqilishlarini istamadi. Endi u, yashashdan butunlay umidini uzdi. Qalbi tushkunlik girdobidan chiqa olmadi. Qattiq yo'talib, og'zidan qon kela boshladi. Elyor shunda ham, hechkimga betobligini sezdirmadi. O'zi bilan ishlaydigan do'stlariga ham, "Shamollaganman xolos" derdi. Lekin Elyor, tobora dokadek oqarib, rangida-rang qolmay borardi. O'sha holida ham, Dilnozani, onasi va singlisini bir zum bo'lsada hayolidan chiqarmadi. Dilnozaga ko'plab qo'ng'iroq va smslar yozdi. Lekin, qo'ng'iroq va smslariga javob yo'q ... Elyor, harakati uncha bo'lmasa-da, og'ir ishda ishlashdan to'xtamadi. So'ngi kunlarida ham, oilasini o'ylab, qo'lidan kelganicha mehnat qildi. Ishxonada ish vaqti tugagach, kechki soat 21-00 lar chamasi Elyor ishlagan haqqini oldi va bir og'aynisini yoniga bordi ... Ishlagan pulini va 2 ta qanaqadir konvertni og'aynisini qo'liga tutqazib, uyiga oborib berishini, o'zi esa bugun shuyerda qolishini ta'kidladi. Nimaga ekaniga tushunmagan og'aynisi, undan nima uchunligini so'ray boshladi. Elyor hammasi joyida ekanini, aytganidek qilishini iltimos qilib, bir chet joyda bo'sh turgan vagonga qarab ketdi. Oyog'ida zo'rg'a yurayotgan Elyor, o'lim ufurini sezardi. Nafas olishi tobora sustlashardi. Nafas olganda ham, xuddi yuragining urishi to'xtab borayotgandek seskanardi. Og'aynisi, Elyor aytganidek qildi. 2 konvertni va pulni, uning onasiga keltirib berdi. Onasi xavotirlanib konvertni ochishga oshiqdi. Konvertlar, 2 kishiga atalgan ekan. Bir konvertning yuzida "Oyi, bu sizga" degan yozuv bo'lsa, birida "Dilnozaga" yozuvi turardi. Onasi o'ziga atalgan konvertni ochdi. Unda, Elyorning so'ngi so'zlari yozilgandi ... - Oyijon, meni kechiring. Sizga aytmay, bugun chet davlatga ishlagani ketyapman. Qachon qaytishim aniq emas. Bir kun kelib, albatta qaytaman. Qaytganda ham, ko'p pul bilan qaytaman. Bizni ham, shinamgina uyimiz bo'ladi. Singlimni to'yini qilamiz. Biz albatta baxtli yashaymiz. Faqatgina singlim va o'zingizni asrang ! Qo'lingizdagi ikkinchi konvertni, Dilnozaga bering, iltimos ... Men yo'g'imda og'aynim sizlarga yordamlashib turadi. Mendan xavotir olmang. Agar kelolmasam, o'shanda ham xavotir olmang. O'g'lingiz chet davlatda bo'lib kelolmasada, sizlarni hayolidan chiqarmay, yashaydi. Shu paytgacha yuzingizni yerga qaratmadim. Bundan keyin ham shunday bo'ladi. Meni o'ylab siqilmang. Sizni ko'zizda yosh sezsam, meni qalbim og'riydi. Meni sog'insangizda, iltimos yig'lamang. Singlim, sen ham o'zingni ehtiyot qil. Oyimni yolg'iz qoldirma. Alloh o'z panohida asrasin. Sizlarni yaxshi ko'raman. Oyijon, Singlim, mendan rozi bo'ling ... Bu so'zlarni o'qigan onai-zor, o'ksib-o'ksib yig'lagisi kelsa-da, o'g'lini iltimosiga qarshi chiqolmadi. Ko'zlari yoshga to'lgan ona, "O'g'lim, nima bo'lganda ham, boshing omon bo'lsin !" deya oldi xolos ... Elyorni xohishini amalga oshirib, singlisi Dilnozaga ikkinchi konvertni oborib berdi. Dilnoza, Elyorni sog'inganidanmi xatni tezda ochib, o'qishga kirishdi ... - Salom Dilnoz ! Ahvoling yaxshimi ? Meni kechir, qo'ng'iroqlaringa javob bera olmadim. O'shanda doktorda edim. Kasalhonadan chiqib, senga qo'ng'iroq qildim. Ammo, ko'tarmading. Mendan xafa bo'lding deb o'ylab, ko'plab sms xabar yozdim. Lekin javob kelmadi. Men uying derazasi oldi- da, yomg'ir yog'ishiga qaramay, har kun kechqurun seni hech bo'lmasa bir marotaba derazadan ko'rish ilinjida o'tirardim. Biroq menga bu ham nasib etmadi.
Shunda seni qattiq ranjitib qo'yganimni tushundim. Shuning uchun sendan, chin dildan kechirim so'rayman. Lekin endi kechligini tushungach ... Meni kechir, biz baxtli oila quramiz deb ahdlashgandik. Men va'damda tura olmadim. Men chet davlatga ishlagani ketyapman. Qachon qaytishim noaniq. Senga baxt tilayman. Yaxshi bir yigitga turmushga chiqishingni Alloh nasib etsin. Kecha kechqurun, tushimda ikkimizni ko'rdim. Biz baxtli oila qurgan ekanmiz. Ikki nafar jajji farzandlarimiz bor ekan. Biri o'g'il, biri qiz ... Ularning beg'ubor kulgusidan ikkimiz ham baxtli edik ... Lekin uyg'onganimda buni tush ekanini bilib, go'yo yuragim urishdan butunlay to'xtadi. Har gal xafa bo'lsang, o'zim ovutardim. Endi kechir meni, ortiq ovutolmayman. Har xil xatlar yozib, seni erkalolmayman. Kechirgin dardim bor, dardimdan qocholmayman... Meni kechir, orzularingni armonga aylantirdim ... Bu hayotda faqatgina baxtli yashashingni istayman. Men seni baxtli qila olmadim. Nima bo'lganda ham, qalbingdan quvonch ruhi so'nmasin. Shirindan-shakar farzandlarni onasi bo'lishingni, yaratgandan so'rab qolaman. Bu hayotda nimayki qiyinchiliklarga duch kelsang ham, barchasiga sabrli bo'lib, o'zingni ehtiyot qil ! Xayr...
Kuchli alam va ayriliq azobiga to'lgan Dilnozaning qalbi, bir muddat o'zini yo'qotib qo'ydi. Nimalar qilib qo'yganini kech tushunib, qattiq afsuslana boshladi. Lekin vaqt o'tib bo'lgandi. Elyor endi bu dunyoda yo'q... Yuragi, urishdan to'xtab borayotgan Elyorning yuragi, endi butunlay urishdan to'xtagandi. Uning ruhi, uzoq-uzoqlarga ketdi. Hozir Elyor, osmonlardan turib, onasini, singlisini, va Dilnozani Alloh o'z panohida asrashini tilab, duo qilmoqda. Elyor hatto ularni, o'limi haqida bilishlarini istamadi. Keyin bir umr uni o'ylab, siqilib yurishlarini xohlamadi ... Dilnoza esa, onasini gapini ko'ngliga qattiq olib, Elyorni so'ngi kunlarida yonida bo'la olmadi. Elyor har kun uning derazasi oldida kelib, ma'yus nigohlari bilan, tikilib turardi. "Nega o'shanda tashqariga chiqmadim, nega u kishidan xafa bo'ldim ?" deya, Dilnoza achchiq ko'z yosh to'kdi. Elyor, Dilnozani tabassumini so'ngi bor ko'rish uchun, umrining so'ngi kunlarini, uning derazasi oldida o'tkazdi. Ko'chada yomg'ir yog'ishiga qaramay, qalbidagi sevgi olovi uni dadil ushlab turdi. Ammo, Dilnoza ... Eh attang ... Ba'zan inson, kimningdir, yoki qaysidir yaqin kishisini qadrini, kech anglab yetarkan ... "So'ngi pushaymon, o'zinga dushman" deyishadi-ku ...
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: HIKOYALAR | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ (08.07.2016)
Просмотров: 1332 | Теги: AYANCHLI QISMAT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar