Главная » Статьи » HIKOYALAR

Erkaklar qachon aldaydi

Bir kuni daraxt kesuvchi daraxt kesayotib, daryoga boltasini tushirib yubordi. Qayg`urganidan yig`lashga tushdi. Shu payt qarshisida avliyo paydo bo`ldi.
— Nimaga yig`layapsan?
— Qanday qilib yig`lamay? Axir boltamni daryoga tushirib yubordim, oilamni boqishga pul topolmayman.
Avliyo daryodan tilla bolta chiqarib so`radi:
— Bu senikimi?
— Yo`q, bu mening boltammas.
Avliyo daryodan kumush boltani chiqarib so`radi:
— Bu senikimi?
— Yo`q, bu mening boltammas.
Nihoyat, avliyo daryodan temir boltani chiqarib so`radi:
— Balki bu senikidir?
— Ha, bu mening boltam, — xursand bo`lib ketdi daraxt kesuvchi.
— Halol, to`g`riso`z odamligingni ko`rib turibman. Uchala boltani ham mukofot sifatida o`zingga ol.
Daraxt kesuvchi to`kin yashay boshladi. Ammo kutilmaganda daryoga xotini ham yiqilib tushdi. U yana ho`ngrab yig`lay boshladi. Yana qarshisida avliyo paydo bo`ldi.
— Nimaga yig`layapsan?
— Qanday qilib yig`lamay? Daryoga xotinim tushib ketdi-ku.
Avliyo daryodan Jennifer Lopesni chiqarib so`radi:
— Bu sening xotiningmi?
— Ha, mening xotinim, — dedi daraxt kesuvchi quvonib.
Avliyoning jahli chiqdi:
— Menga yolg`on gapiryapsan-ku!
— Bilasanmi, bu yerda anglashilmovchilik bo`ldi. Bu mening xotinim emas deyishim mumkin edi. Unda sen daryodan Ketrin Zeta-Jonsni chiqararding. Men yana xotinim emasligini aytardim. Keyin daryodan haqiqiy xotinimni chiqararding. Men xotinim ekanini tan olardim. Sen menga uchalasini ham berarding. To`rtovimizni qanday qilib boqaman? Unda to`rttalamiz ham baxtsiz bo`lamiz-ku.


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: HIKOYALAR | Добавил: ►χąĈЌεг◄ (07.12.2014)
Просмотров: 1163 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar