Главная » Статьи » HIKOYALAR

"Ko'ngil darvozasini keng ochib, seni poylayman..."
Har safar ko'nglim zimiston bo'lganda qalbimni muhabbat nurlari yoritadi. Muhabbatga yuzlanib yana nurlanaman, poklanaman...

Yodimda. Sen qalbim darvozasini so'roqsiz ochib kelgan damda o'n yetti yoshda edim. Senga hadik to'la ko'zlarim bilan boqib, yurakda hayajon bilan termilganim rost.

Bir lahzaga kelgan bo'lsang-da, bir lahzalik tashrifing butun umrga tatiydi. Eh-he.. sendan keyin qancha qora ko'zlar-u, qora qoshlar kelmadi deysan? Ularning hech biri sening yurishing, fe'l-atvoring, sevgi to'la qalbingdagi pok muhabbatingga o'xshamaydi. O'zga inson qalbini ko'nglim xushlamaydi. Mening qalbim o'z chirog'ini allaqachon topib bo'lgan. Kelishingni kutib, har kun ko'nglim darvozasini lang ochib, seni poylayman. Ana kelasan, mana kelasan, deb kunlar oyga, oylar esa yillarga aylandi.

Umr yo'limda sensiz sekin-asta odimlab boryapman. Xijronlaring oppoq qirovlarini yog'dirdi. Sen qayda-yu, men qayda... Ammo hali zamon qalbim darvozasi sen uchun ochiq. Uni yopishga qalbim yo'l qo'ymaydi. Go'yoki sen uchun ochilgan darvoza yopilgach tirik murdaday, hayot mazmuni tugaganday hissiz, yuraksiz bo'lib qolaman.

Zero, sen menga ko'z yosh, men senga bardosh. Sen menga sog'inch, men senga baxt. Sen menga ayriliq, men senga omad tiladim. Muhabbat, senga yetisha olmaganim uchun ham mening qalbimga qadrlisan.
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: HIKOYALAR | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ (23.07.2016)
Просмотров: 1037 | Теги: seni poylayman..., Ko'ngil darvozasini keng ochib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar