Главная » Статьи » Islomiy Sherlar! |
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy "Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan, Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Miskinlarni boy yedirib ichirsin Arazlashgan bir-birini kechirsin Olloh olov kamzullarni yechirsin Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak! Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! | |
Просмотров: 1166 | |
Всего комментариев: 0 | |