Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

KERAKMAS...
Kerakmas, o`zgalar qo`limdan tutsa.
Kerakmas, hayoldan begona o`ysa.
Sirdoshim bo`lsada tunda yulduzlar
Kerakmas, tonglarim uningsiz o`tsa.
Kerakmas, kutgani hech notanishlar.
Kerakmas, uningdek erkalanishlar
O`xshamas baribir nafas olishi.
Kerakmas, uningdek yolg`on xonishi.
Kerakmas, sevgi deb aqldan tonish
Kerakmas, bunchalar tezda o`zgarish.
Bu yurak qiynalar hali ko`p bora
Kerakmas, uningdek mayin gapirish.
Kerakmas, istamas yurak o`zgani
Bu tanda mador yo`q dardim yozgani.
Baxtiga xavasim keladi faqat.
Kerakmas, niyat yo`q baxtin buzgani.
Kerakdir qalbiga mexr to`lgani
Kerakdir ko`zlari sevib kulgani,
Men uchun kifoyadir faqat bir o`tinch
Kerakdir, uning eng baxtli bo`lgani.
LOCHINBEK ERKINZODA...
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: SARDOR9212 (05.10.2014)
Просмотров: 1080 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar