Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

Kuzlaringni soginaman
Ko'ngil ko'nmas "yor-yor"larga, navolarga,
Ishim tushdi ishq dardi bedavolarga,
Sig'may qoldim hamma sig'gan dunyolarga,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman...
Tunlardayin ma'yus ular, qaro ular,
Yuragimga otash ular, olov ular,
Oh qo'rqaman, boshlarimga balo ular,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman...
Qayga borsin darding bilan kuygan ko'ngil,
Ko'zlaringni jonidan ham suygan ko'ngil,
Hijronlarning azobiga to'ygan ko'ngil,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman...
Jonim beray "sevdim" degan so'zlar uchun,
Yuragimga muhrlangan izlar uchun,
Bu dunyoga kelganman shu ko'zlar uchun,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman...[/color][/color][/size][/color]
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: volk__ (26.05.2014)
Просмотров: 1355 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar