Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

"Muhabbat" armonlar ko'milgan mozor.

"Muhabbat" armonlar ko'milgan mozor. 
"Uqubat" qon qilar xasta yurakni. 
"Hiyonat" go'yoki eng arzon bozor. 
"Adolat" teng bilar ayol erkakni. 

"Baxt" nima?- baxtsizlik tuganmas kunmi? 
"Bardosh"chi? ko'rinmas yillar poyoni. 
"Armon"lar eslatar beorom tunni. 
"Taqdir" aylantirar telba dunyoni. 

"Hayol" farishtadek uchar osmonda. 
"Adovat" shaytonga tutingan aka. 
"Qismat"dan qutulmoq mushkul har onda. 
"Ishonch"ni yolg'onlar qilar kalaka. 

"Dard" shu muhabbatdan qolgan asorat. 
"Alam" chertib o'tar ko'ngil torini. 
"Gumon"lar unut deb berar jasorat. 
"Istak" to'kib tashlar dilda borini.


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: √★Dj™Sabinaツ★√ (30.05.2016)
Просмотров: 1128 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar