Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

O‘zingga o‘xshagan singling yo‘qmikin.
O‘zingga o‘xshagan singling yo‘qmikin. Na iloj, o‘zgani tanlabsan bugun, Menda ham ozgina ko‘ngling yo‘qmikin, Menga uchramading avvalroq nechun, O‘zingga o‘xshagan singling yo‘qmikin. Ne derdim, baxtli bo‘l, ahdli bo‘l deyman, Yana dilda biroz sevging yo‘qmikin, To‘yingga borolmay, jonni qiynayman, O‘zingga o‘xshagan singling yo‘qmikin. Menga o‘xshagani yagona deysan, Mendek oshig‘ingga rahming yo‘qmikin, Ko‘ksim osmonida yulduzsan, oysan, O‘zingga o‘xshagan singling yo‘qmikin. Aytmasman uni qo‘y, men bilan bo‘l deb, YUrakni aldashni yo‘li yo‘qmikin, O‘shani sevardim seni unutib, O‘zingga o‘xshagan singling yo‘qmikin. Ertakka ishonmas edi-ku Ahad, Uni ovutgali sehring yo‘qmikin, Ko'ngilda birgina orzuyim faqat. O‘zingga o‘xshagan singling yo‘qmikin.
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ (26.06.2016)
Просмотров: 916 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar