Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

Sen bilan bahtlarga yetgan kunimiz...
Tunlar uzun-uzun, kunlarim yolg'iz,
Lekin qalban doim yonimda o'zing.
Hayolan ham birga yurasan doim,
Yodimda har bitta aytilgan so'zing.

Tushimda ko'raman, olissan juda,
Osmonlar ajratar yulduzimizni.
Uyg'onib aytaman o'zimga o'zim,
"Yillar ajratolmas biz ikkimizni".

Yetsaydi bardoshim o'sha kungacha,
Hijronda o'tmasa har bir tunimiz.
Chin dildan kulardim Jonim o'shanda,
Sen bilan bahtlarga yetgan kunimiz...

Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: √★Dj™Sabinaツ★√ (27.05.2016)
Просмотров: 1198 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar