Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

Sizni panohida asrasin Xudo....!
Mendan xafa bo’lmang; yo’q bo’lib qolsam.
❤Dardingiz gardiga yana dard solsam.
❤Qaniydi, o’lguncha mehringiz olsam.
❤Ishqingiz ko’yida bo’lyapman ado. 
❤Sizni panohida asrasin Xudo.....!

❤Mendan ranjib yurmang, so’rayman uzr. 
❤Sizdan, faqat sizdan ko’rdim ko’p xuzur.
❤Sizni yaratganga qilaman shukur.
❤Majburman, demoqqa jonim alvido. 
❤Sizni panohida asrasin Xudo.....!

❤Xohlamay ketmoqqa qiynaldim rosa. 
❤Qaniydi, hamma ham sizdayin bo’lsa. 
❤Sevmaslikka qurg’ur bu yurak ko’nsa. 
❤So’rang, shu jonimni qilayin fido.
❤Sizni panohida asrasin Xudo.....!

❤Men uchun ehtiyot qiling joningiz. 
❤Mendan ko’ra ko’pdir mehriboningiz.
❤Havasim bor, kimdir bo’lsa yoringiz. 
❤Rashk meni mehrdan qilmasin judo. 
❤Sizni panohida asrasin Xudo....!

❤Izlamang, iltimos. Tushmasin ko’zim.
❤Topilmay qoladi, hech bitta so’zim. 
❤Zo’rg’a kuch topoldim ketmoqqa o’zim;
❤Dilim tub-tubidan yangrar bir nido. 
❤Sizni panohida asrasin Xudo....! 

❤Sog’inchning ko’ksidan itardim tinmay.
❤Menga mehringizdan berib, erinmay. 
❤Hatto, qo’yibsiz-ku chin dildan kulmay. 
❤Deb yurmang ko’ngliga kirdim deb xato.
❤Sizni panohida asrasin Xudo...!

❤Qarang tashvishlarga qo’yibman sizni. 
❤Kechiring, mendayin fikri ojizni.
❤Taqdir tinmay sinab, qiynaydi bizni.
❤Uzr...! Boshingizga bo’ldim bir balo.
❤Sizni panohida asrasin Xudo...! 

❤Siz hali baxtingiz topasiz albat. 
❤Qarg'amang, ilojsiz insonman faqat.
❤Sizga berolganim chindan muhabbat.
❤To’xmatlarga qolib, bo’ldim-ku gado. 
❤Sizni panohida asrasin Xudo....!

❤O’z-o’zimga tinmay kulaman gohi. 
❤Saxro ekan ishqning har qadam bog’i.
❤Men g’aribning tugamas sababsiz ohi. 
❤Sevinchlardan sizni qilmasin judo.
❤Sizni panohida asrasin Xudo....♥♥♥
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ (29.06.2016)
Просмотров: 1292 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar