Главная » Статьи » Hijron SHerlari

AYTING,MEN NE QILAY?

Kitobim bosmadan chiqdi nihoyat, 
We'rlarim ketdilar bir-bir tarqalib, 
Ba'zisi o'z nomin qilsa himoyat, 
Ba'zisi ortimdan etiwar ta'qib. 

Mana,misol uchun bugun ertalab, 
Qo'qqisdan telefon jiringlab qoldi, 
O'yladim,hoynahoy,bu Dilwod Rajab, 
Bayram deb wogirdin esiga oldi. 

Ko'tarsam, vo ajab,buvim ekanlar, 
Deydilar:aqldan,bolam,ozibsan. 
Menga deb bitta we'r bitmabsan aqal, 
Qandaydir qizlarga doston yozibsan. 

Yoki kecha oqwom do'kon yonida, 
Bir hofiz do'stimni uchratib qoldim, 
U deydi:bizga ham yozing gohida, 
Aynan wu tomondan qiynalib qoldim. 

Kitobim qo'liga yetgani zamon, 
Wu zahot uyimga kelibdi singlim, 
Der "Aka,qiwloqqa qaytaylik omon" 
Waharda zarraga yo'q mening ko'nglim. 

Kecha onam bilan gaplawgan edim, 
Akangdan xabar ol,qizim,dedilar, 
Akam ijodiga wo'ng'igan ,dedim, 
Kelmasa,boraman o'zim dedilar. 

Ayting,men ne qilay?Mening aybim ne? 
Hayotni boricha kuylaganimmi, 
Yoki sarson izlab asl san'atni, 
Vatanim ertasin o'ylaganimmi? 

Yo'q,axir bo'lmaydi bunday yawamoq, 
Kim gapirar o'ylang,biz o'tirsak jim, 
Mayli,haqni aytib yirtilsin tamoq, 
Wu elga sadqadir otawin qalbim. 

Mayda-chuyda hislar menga begona, 
Singlim,sen buvimga o'zing tuwuntir, 
Yurtni tilga olib bitgan har satrim, 
Ularga atalgan eng yaxwi we'rdir.


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Hijron SHerlari | Добавил: MalikaMahzun (17.10.2014)
Просмотров: 1152 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar