Главная » Статьи » Hijron SHerlari

GUNOHLARIM DARYO, DARYO...

GUNOHLARIM DARYO, DARYO... 

Na boyligu,na-da davlat, 
Na go'zallik,na-da omad, 
Na-da ko'ngil,na muhabbat, 
Yuragimga sig'mas dunyo, 
Gunohlarim daryo, daryo... 

Hayotdagi izim qani, 
Yuzim qani,so'zim qani, 
Tuproqdagi to'zim qani, 
Begonaman senga hatto, 
Har qadamda mingta xato. 

Bevafodan baxtim izlab, 
O'zim senlab,uni sizlab, 
Muhabbatdan bekor so'zlab, 
Yuzim bo'ldi qaro,qaro, 
Yurakkinam yaro,yaro. 

Kimga kerak mani jonim, 
Barmog'imdan oqqan qonim, 
Ahadman,pokdir vijdonim, 
O'zing asra Ollo, Ollo, 
Har nafasim ming bir tillo...


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Hijron SHerlari | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ (18.09.2014)
Просмотров: 1073 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar