Главная » Статьи » Hijron SHerlari

Sog'inmaysiz Sog'inishni bilmaysizda...
Dardlar dilning qirg'og'idan toshar asta,
Sog'inch bergan azoblardan yurak xasta.
Ismingizni takrorlayman har nafasda,
Unutgansiz endi qaytib kelmaysizda,
Sog'inmaysiz Sog'inishni bilmaysizda

Orzu qildim, siz boy qizi malikani,
Go'yo ko'kda oyning o'zi bir erkani.
Dardlarimga dardkash bormi endi mani,
Biz oshiqni nazar-pisand ilmaysizda,
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.

Siz ketdingiz ortingizdan boqdim qolib,
Tunlarimni o'tkazaman bedor bo'lib.
Sizga aytgan so'zlarimni yodga olib,
Bir-bor eslab, dilingiz xun bo'lmaysizda,
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.

Bu hayotga muhabbatim, mehrim sindi,
Sevgi degan bir tuyg'uga bo'lib bandi.
Ko'zlaringiz kulib boqib meni endi,
Shirin so'zlar bilan ko'nglim olmaysizda,
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.

Hijronlarda bir kun ado bo'lsangiz ham,
Sir saqlabon meni jondek suysangiz ham.
Qancha yonib yana qancha kuysangiz ham.
Bag'ringizni mendek yulib tilmaysizda,
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.

Gar bilsangiz holim so'rab turardingiz,
Sog'indim deb o'zni o'tga urardingiz.
Yo'q sevmaysiz sevsangiz gar kelardingiz.
Sevgi yo'q deb unga parvo qilmaysizda,
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda...
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Hijron SHerlari | Добавил: SARDOR9212 (02.10.2014)
Просмотров: 926 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar