Главная » Статьи » Hijron SHerlari

Yo'qotilgan sevgim ...

Mana bugun jonginam sizni yana esladim 
Xar bir aytgan so'zlariz kulishlariz esladim 
San yagona yorimsan ko'zlarimni nurisan 
Degan so'zlariz xamon quloqlarim ostida 

Siz bergan oppoq gullar ketganizda so'lishdi 
Shu gullarga qo'shildim barglarimni uzishdi 
Sevgiling kelmaydimi deb ustimdan kulishdi 
Siz kelmaysiz hech qachon boshqalar xam bilishdi 

Rashk qilardiz xammadan xato esgan shamoldan 
Nega jonim ketdingiz alamli bu dunyodan 
Sizsiz huvillab qolgan bizni sevgi bog'imiz 
Gullari ochilmagan quyosh nuri yetmagan 

Sizni mehringiz bilan ochilardi bu gullar 
Siz ketgach gul o'rnini egallagan tikanlar 
Bog'imizda daraxtdan to'kilmoqda xazonlar 
Sizsiz esa yuragim tinmay meni qiynoqlar 

Bu dunyodan ketmoqni istab yurgan kezlarim 
Yodimga tushib ketdi sizga aytgan so'zlarim 
Siz ketsangiz bormayman aslo sizni yonizga 
Siz sevsangiz kelasiz menday yagonangizga 

Bilaman siz kelmaysiz men xamon kutmoqdaman 
Balki aqldan ozdim manzilga yetmoqdaman 
Ko'zlarimda to'la yosh osmonga uchmoqdaman 
Yana bir qadam qoldi sizni men quchmoqdaman


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Hijron SHerlari | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ (25.04.2016)
Просмотров: 834 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar