Главная » Статьи » Ota Onalarimizga Sherlar!

"Kim bor onangdan boshqa..."

Yoshligingda avaylab, beshikka solgan ham shu,
Ko’z yosh to’ksang, havotir o’tida yongan ham shu,
Opichib, yer-u ko’kdan seni qizg’ongan ham shu,
Betob bo’lsang, har yon chopib, urib o’zini cho’qqa,
Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…

Qorning ochsa qayg’urib, yemasdan yedirgan shu,
Usting butmi, bolam, deb kiymasdan kiydirgan shu,
Sening uchun ming bor o’lib, ming bora tirilgan u,
Senga qalin kiydirib, o’zi kiyibdi yupqa,
Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…

Qalbing og’rigan kuni uning qalbi og’riydi,
Bir zo’r shoir aytgan gaplar shaksiz to’g’riydi,
Ona yig’lar, qolganlari yolg’on yig’laydi,
Endi aytchi, arziysanmi o’sha ko’z yoshga.
Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…

Atrofing to’la do’sting, ham yor-u birodaring,
Jim turib eshitarlar sen aytgan har bir darding,
Xalqim, tanasi boshqa dardini bilmas derding,
Tanalaring bir bo’lgan kiming bor undan boshqa,
Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…

O’ynasang o’ynaydiku, yuzingga to’ymaydiku,
Ona desang, erkalab, hecham tinch qo’ymaydiku.
Sal qovog’ingni solsang, yuziga to’lib qayg’u,
Bur zumda o’xshab qolar bulut to’sgan quyoshga,
Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…

Hozir bilagingda kuch, hozir yashildir yo’ling,
Gulzor ichra yasharsan, chamandir o’ng-u so’ling,
Ammo, bir kun adashib, tikon ushlasa qo’ling,
Kimning rahmi keladi boshing urilsa toshga.
Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…

Bugun cho’ntaging soqqa, gaping o’tar har yoqqa,
Ne-ne go’zallar sen-la kirmoq istar yotoqqa,
Lek bu o’tkinchi dunyo, bir kun tushsang tuzoqqa,
Ko’zingni kattaroq och, qara uyoq-buyoqqa.
Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Ota Onalarimizga Sherlar! | Добавил: SARDOR9212 (23.09.2014)
Просмотров: 1127 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar