Ko'z qarog'im kelarmu deb biz qilamiz qanoat
kamonday ikki buklar qadi shamshodi qomat
ko'zimizdan jala yoshlar daryodayin oqadi
o'zing o'g'il, qizimizga bergin sabr va toqat
eslab ota, onasini kelmas hej farzandimiz
farzandimiz kelmasa ham ular bo'lsin salomat
ajralgani ayiq yiydi bo'linganni bo'ri yer
tirnoq ettan ajralmaydi ajraldilar oqibat
ota, onaga qarashmas zurriyod farzandimiz
farzandimiz ko'ngliga sen solib qo'ygin adolat
qismatimdan nolimayman achinaman qadrimga
oyda, yilda birbora kel qilib sen yaxshi niyat
tanxo qoldik bizlar uyga termilib ko'zimizga
umringizga umr tilab biz qilamiz ibodat
ota, onang duosini olib qo'ygin Subhonqul
farzandlaring solgin yo'lga qarashsin to qiyomat.
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг! |