Главная » Статьи » Ota Onalarimizga Sherlar!

Sog’inar ona…
Ona ostonada turar miltirab,
Ko’z ochib – yumguncha o’tmoqda kunlar.
Xizmatga jo’natgan o’g’lin sog’inib,
So’z terib ovunar, yig’laydi tunlar.

Qalbiga kuz kelgan yog’maydi hech qor,
Ayanchli alanga qurshab olmoqda.
Bir paytlar yorini kuzatgan chog’lar –
Suratda aks etib, yodga solmoqda…

Shunda kichik qizi hayqirar tog’da,
Toshlarni to’ntarar ovozlarida.
Aka… degan go’zal sog’inchli ovoz,
Dunyoni erkalar o’z nozlarida.

Ona oshiqadi darvoza tomon -
Sakkiz qiz o’stirgan etaklarida.
Sog’inchli yoshini to’kar bolam, deb –
O’zbekning ul beva – erkaklari – da!!!
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Ota Onalarimizga Sherlar! | Добавил: SARDOR9212 (03.10.2014)
Просмотров: 1127 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar