Главная » Статьи » Sog'ingan kongillar uchun!

Sevasizmi
Sevsang,
Osmonga chiq, oyni olib kel,
Tonglar vodiysini to'sha yo'limga!
Somon yo'llaridan chechaklar terib,
Baxtning shodasiday tutgil qo'limga!
Sevsang!
"Yoriltosh"dan chiqib kel, ozod!
Qanotlari bo'lsin otingning.
Moviy yog'dulardan go'shanga bezab,
Ostonamga kelib o'tingil...
So'ngra,
Borsa kelmasga borgil,
Devning changalidan olgil uzukni.
Bo'ronlarni yutib,
Tog'lardan o'tib,
Bosib kel adashgan xato yozuqni.
Yuragimga borar yorug' yo'llarda
Ichingdagi yovni mahv etgil, g'olib!
Tiriklik cho'qqisin yashil tog'idan
Havo tikkan tug'ni kel olib!
Sevsang...
Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sog'ingan kongillar uchun! | Добавил: SARDOR9212 (02.10.2014)
Просмотров: 1042 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar