Главная » Статьи » Hiyonat sherlari!

Bevafoyim!

Bevafoyim, o’zi yurak bormi sizda, 
Sadoqatdan biror darak bormi sizda 
Hasrat ichra o’taversa bu umrimiz 
Yashamoqdan ayting kerak bormi bizga? 

Bevafoyim, ko’z yoshlarim ummon bo’ldi 
Siz ketdingiz yomon bo’ldi, yomon bo’ldi. 
Keladi deb men o’zimni ovutgandim 
Qaytishingiz yolg’on bo’ldi yolg’on bo’ldi 

Bevafoyim, chin qanotim ingrayverar 
Yaralangan bemor qushdek yig’layverar 
Qo’llarida xanjar tutgan xotiralar 
Yuragimni ayamasdan tig’layverar. 

Bevafoyim, bunga qancha chidash mimkin, 
Ko’taraolmay qoldim axir xijron yukin, 
Selda qolgan imoratdek nurayabman 
Yerga cho’kib borayabman sekin- sekin 

Bevafoyim, garchi dilni dardlik qildim 
Sadafdan sof edi ko’nglim gardlik qoldim 
Siz o’ylamang, Ahadga ham zorlar ko’pdir 
Boshqasini tanlamasdan mardlik qiling 
Bevafoyim…


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Hiyonat sherlari! | Добавил: ⭐ADMINPRINSS⭐✔ (19.08.2014)
Просмотров: 1706 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar