Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

Taqdir yozig’idan qochib bo’lmaydi,

Taqdir yozig’idan qochib bo’lmaydi, 
Nelar nasib etar bilsaydik koshki. 
Sirlar g’origa o’xshar chiqish imkonsiz- 
Barini vaqtida anglasak koshki…. 
Bir ishni boshlaymiz niyatlar ila- 
Ba’zisi bitmayin qoladi yo’lda. 
Yana birin boshlaymiz imkon borida- 
Ulgurmoq istaymiz bari-bariga! 
Mana shunda bilinadi kim do’st-kim dushman: 
Biri ko’mak berar doim kelsa qo’lidan. 
Yana biri chiroyli bahona qilib- 
Ichida aytib ketar: "senga shu ham kam”! 
Lekin odam tilagi sof bo’lsa doim, 
Chiqish uchun albatta bir yo’l topilar. 
Chiqqach bu yo’l tugaydi, boshqasi kelib- 
Faqat undagi ozor, chandig’i qolar. 
Shuning uchun niyatni doim sof tutib, 
Bu dunyoda yomon o’ymas, yaxshisi qolar 
Axir aksi bo’lganda o’ylaylik do’stlar- 
Hamma yoq nadomatu, nafratga to’lar. 
Bir kuni o’zingizchun yangi kun boshlab, 
Ertalab shukrona deb kulib uyg’oning. 
Ish-u, o’qish, yumushlarchun vaqtdan yutqazmay, 
O’z manziliz tomonga tezroq shoshiling! 
Baraka kelar asli toza niyatdan, 
Sof tilak, shukrona, beg’araz dildan. 
Shuningchun nasiba, hayotda yashab, 
Ayamaylik shirin so’z- kulguni bir-birimizdan! 
Yo’limizda uchrab turar ko’rolmaslar ham, 
G’iybatchi, nobakor, sovuqqadamlar. 
Bariga tabassum qilib o’ting siz, 
Past ketmang tenglashib, siz- U maskusiz!!! 
Bor bo’lsin yo’llarda uchrab chin do’stlar, 
Yelkadosh, beg’araz, ochiq ko’ngillar. 
Mana shularning qadrini bilaylik bizlar, 
Toki dunyo bor ekan- yashasin DO’STLAR! 
Mana shunday do’stlarni atrofda jamlab, 
Ota-ona, oilamiz qadrin anglaylik. 
Bir bora yashaymizku biz bu dunyoda, 
Hammaga yaxshilikni doim ravo ko’raylik. 
Miyamizni o’tkinchi g’iybat so’zlarmas, 
Ilmu-fan, yaxshi amalla band etaylik! 
Toki keraksiz tashvishlar, o’yu-xayollar 
Miyaga yuk bo’lmayin, olsin oromlar! 
Xotirjamlik, tinchlikda yashaylik do’stlar, 
Har bir ko’ngil shodon otsin xandonlar! 
Zamon tinch, bizlar tinch behisob shukur- 
Har birimiz: men va siz ham sog’ bo’ling DO’STLAR!!! 


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: ►χąĈЌεг◄ (11.01.2015)
Просмотров: 1024 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar