Главная » Статьи » Sevgi SHerlar!

Xotiralarni qo’zg’ab

Xotiralarni qo’zg’ab yog’ib berdi laylak qor Yana esimga tushdi ul bevafo go’zal yor Xo’p ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar Masrur edim baxtimdan shirin tush ko’rib tunlar Laylak qor yoqqanida uni ilk bor ko’rgandim Ko’rib uni qalbimda sexrli xis tuygandim U turardi qarshimda shiringina jilmayib Qor shu onda atayin yog’ar edi kuchayib Men xech ko’z uzolmadim betakror ko’zlaridan Maftun bo’lib qolgandim samiymiy so’zlaridan U juda dilbar edi kulib turardi yuzi Kulgichlarida yashirin bor edi shirin nozi Ilk muxabbatim edi ul bevafo go’zal yor Uchratgandim men uni yoqqanida laylak qor Samiymiy suxbatidan zavq olardim bir jaxon Uchratmagandim avval bundayin shirin zabon Qo’l ushlashib yurardik bog’lar ichra ikkimiz Xayolimda bir umir buzilmasdi sevgimiz Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go’zal yor Tanishgandim u bilan yoqqanida laylak qor Ko’zimizga tikilib tinmay suxbat qurardik Yoz oylari qirg’oqdan chig’anoqlar terardik Axtu paymon qilgandik ul bevafo yor bilan Qasamxam ichgan edik oppoq nafis qor bilan Tunlari uxlamasdan o’ylab chiqardim uni U also sevmas ekan sezmas ekanman buni Afsus meni tark etdi Ul bevafo go’zal yor Sevgan edim men uni Yoqqanida laylak qor Ko’rdim boshqasi bilan yurardi bevafoo yor Samodan esa tinmay yog’ar edi laylak qor Xotiralarni qo’zg’ab yana yog’di laylak qor Yurib borardim sekin kumush qish fasli edi Osmondan biram go’zal laylak qor yog’ar edi Nogox nazarim tushdi ul bevafo go’zalga Negadur xarakati o’xshardi telbalarga Jinni bo’lib qolganmi deb o’yladim men uni Surishtirib so’ng bildim xaqiqatligin buni Aqldan ozgan edi ul bevafo go’zal yor Shundaxam esa tinmay yog’ar edi laylak qor So’ng biroz vaqtlar o’tdi balki oylar balki yil Bir fojea bo’lgandi aytolmaydi buni dil Eshitdimu yig’ladim kelmas edi ishongim Xar qancha bo’lgandaxam men uni sevar edim Olamdan o’tgan edi ul bevafo go’zal yor Doimgidek samodan yog’ar edi laylak qor Bevafo bo’lsada u yashab yursa bo’lardi Xayotda baxtli yursa ko’nglim nurga to’alrdi Qalbim tig’langan edi endichi nima bo’ldi O’n gulidan bir guli ochilmaganim so’ldi So’ngi vaqtda negadur ko’proq yolg’iz yurarkan Laylak qor yoqqanida to’yib to’yib yig’larkan Yoz oylarim xam yolg’iz dengizlarga borarkan Qirg’oqlardan erinmay chig’anoqlar terarkan Avvalgidek shirinmas ekan uning so’zlari Mayus tortib qolibdi xatto xumor ko’zlari Oxir chiday olmasdan joniga qasd qilibdi Tig’ni olib qo’liga tomirlarin tilibdi Yiqilibdi shu onda ul bevafo go’zal yor Qonga belanib qopti zamin uzra yoqqan qor Bevafoyim go’zalim nega meni tark etding Bechora oshig’ingni sen yolg’iz tashlab ketding Juda qattiq sevardim tashlab ketgan bo’lsangda Unutolmayman seni gar marxuma bo’lsangda Xuzuringa borgandim ey bevafo go’zal yor Qabring ustiga tinmay yog’ar edi laylak qor O’ksib o’ksib yig’ladim bag’rim bosib qabringa Bevafo bo’lsangda sen yetar edim qadringa Xotiralarni qo’zg’ab endi yog’ma laylak qor O’rik qiyg’oz gulladi kapalaklar kelishdi Gullar ifor taratib baxorligin aytishdi Quvonch baxshida etar ushbu fasli maftunkor Menchi g’arib, qabringa ko’z tikaman umidvor Qabring ustida jonim lola bo’lib ochilsang Asta asta uzilib men tomonga sochilsang Nega qaldirg’och bo’lib in qurmaysan uyimga Qanoting qoqib maxzun bo’y urmaysan bo’yimga Xech bo’lmasa samodan ko’z tikmaysan men tomon Tushlarimga xam kirmay rangim aylading somon Ayni damda xotira qiynamoqda dilimni Bog’da sen uchun ekkan uzgim kelmas gulimni Seni eslatib turar xatto ona tabiat O’ylayman go’yo senga yaralganday muxabbat Kuz boshlanar to’satdan qalbim sarg’ayib qolar Barg o’rnopihga orzular bitta bitta to’kilar Xazondek rang kasb etgan mening xasta yuragim Tezroq yoninga boorish mening yolg’iz istagim So’ramayman kerakmas yonib turgan yuduzlar Mayli muxumxam emas xatto kecha kunduzlar Qaniydi porlab tursa mangu yumuq ko’zlaring O’zim ko’rib tursaydim xar bir bosgan izlaring Sen bilan nafas olsam bu musaffo xavodan Seni tortib olsaydim shafqatsiz bu samodan Qor yog’adi maydalab qabring ustiga jonim Azob bo’lar bu tarzda xar bir o’tkazgan onim Sovuq qotdimi jonginam nozikkina qo’llaring Naxot endi ko’rmaysan qor to’shalgan yo’llaring Shu qabr ichra erkin men yotsam bo’lmasmidi Gar xayot bo’lsang ekkan gullaring so’lmasmidi Xa bilmaysan nozigim sen ekkan gullar so’lgan Sening yo’qliging bilgach ularxam tamom bo’lgan Sensiz go’zalim gulim tinmay yig’lar bu yurak Bunday g’am chekib yashash aytginchi kimga kerak Go’yo tirik murdadir qiyofam xozir mening Qanchalar ko’rgim kelar charos ko’zlaring sening Yashayapman yuzimda soxta tabassum bilan Qalb to’la zardobligin faqat o’zim bilaman Qaniydi imkon bo’lsa sen tomonga uchardim Ushlab olib qo’lingdan keyin maxkam quchardim Xech kimga bermas edim ushlab olsam qo’lingdan Qo’yib yubormas edim o’shal nozik belingdan Ammo qachon keladi men kutgan o’sha laxza Xar dam umid qilaman bo’lar deb bir mo’jiza Yodimdadur azizam biz yurib o’tgan yo’llar Qirg’oqlarida chopib biz sayr etgan ko’llar Xar doimgidek yana o’rik qiyg’oz gullaydi Kapalaklar parvona atrofida bo’ylaydi Sezib turaman guldan ari asal yig’adi Biroq tinmayin yurak o’ksib o’ksib yig’laydi Tuyilaverar menga kamdek kimdir nimadir Bu senliging bilsamda til aytishga ojizdir Mayli azizam endi alvido deyman senga Baribir yolvorsamda xecham qaytmaysan menga O’rik qiyg’oz gulladi kapalaklar kelishdi Gullar ifor taratib baxorligin aytishdi Afsuski armon senga o’rikning qiyg’oz guli Xotiralarni qo’zg’ab endi yog’ma laylak qor

 

 

 

 

Dj Sabina 


Диққат, диққат! "UZBEKINO.NET"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!
Категория: Sevgi SHerlar! | Добавил: √★Dj™Sa (06.04.2016)
Просмотров: 1147 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Ештиш Радио ORZU FM


Онлайн радио ORZU FM


ComForm">
avatar